Artel O`zbekiston Professional futbol ligasiga titul homiyligini e`lon qilgan holda, mamlakatda futbol rivojini qo`llab-quvvatlaydi.
Futbol — eng emosional sport turlaridan biridir. Futbol o`yinini tomosha qilgan odam ko`p hissiyotlarni boshdan kechira oladi.
Artel kompaniyasi o`zining yangi maqomini — O`zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) titul homiyligini mamnuniyat bilan e`lon qiladi. Bu hamkorlik mamlakatda futbol rivojini qo`llab-quvvatlash va ishonch bildirish, shuningdek, Artel kompaniyasining aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini ommalashtirishga hissa qo`shish istagidan dalolat beradi.
O`zbekiston Professional futbol ligasi tashkil etilgan 2008 yildan buyon mamlakatdagi futbol klublari faoliyatini takomillashtirib, rivojlantirmoqda. Artel liga hamkori sifatida ushbu hamjamiyatning bir qismi bo`lib, yosh sportchilarning rivojlanishi va yangi cho`qqilarni zabt etishiga yordam berishdan mamnun. Kompaniya klublar va muxlislar o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ham faol ishtirok etadi.
Artel — ishonch va sifat timsolidir. Mamlakat miqyosida sport tashabbuslarini ilgari surish kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas`uliyati hisoblanadi. 2023 yili Artel U-20 Osiyo kubogini, Toshkentda bo`lib o`tgan Butunjahon boks kengashi (WBC) yillik kongressining 61-konvensiyasini ham qo`llab-quvvatlagan edi. 2022 yilda Sky Chess shaxmat maktabi bilan birgalikda shaxmat bo`yicha blits turniri, 2021 yilda esa ayollar o`rtasida «Nilufar» ochiq shaxmat turniri o`tkazgan.
Kompaniya yangiliklari va ishi haqida batafsil ma`lumotni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin.
Sayt: artelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati
Reklama huquqlari asosida.