AsosiyJamiyat

Yuk mashinasiga magnit yordamida yopishtirilgan "gashish" fosh etildi

'Yuk mashinasiga magnit yordamida yopishtirilgan "gashish" fosh etildi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda, qo`shni davlatdan yurtimizga o`tish uchun “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshquvidagi bo`lgan, “MAN” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilgan. 

Tekshiruvda avtotransport vositasining yarim tirkama qismiga, magnit yordamida yopishtirib yashirilgan, ikki dona polietilen o`ramga o`ralgan, 1 kg. 981 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar