AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko`p qavatli uy qurilishida 23 yoshli yigit vafot etdi

'Toshkentdagi ko`p qavatli uy qurilishida 23 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko`p qavatli uy qurilishida quruvchining boshiga “opalubka” tushib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. 

2001 yilda tug`ilgan Sh.B. Yangihayot tumanining “Yangi Darxon” mahallasida "King House" MChJ tomonidan qurilayotgan ko`p qavatli uylarning qurilish ishlarida ishlab kelayotgan bo`lgan. 

Dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, marhumning o`limiga bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o`tuvchi sinishlari, boya miya lat eb majag`lanishi, umurtqa pog`onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi-ettinchi ko`krak umurtqalari sinishi, orqa miya lat eyishi, ko`krak qafasi yopiq to`mtoq jarohati, to`sh suyagi, o`pkalar lat eb yorilishlari, bosh sohasi ezilib, yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo`qotish, ichki a`zolari kamqonligi sabab bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar