AsosiyJamiyat

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan kontrakt mablag`larini to`lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi

'Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan kontrakt mablag`larini to`lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi'ning rasmi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-o`quv yilida oliy va professional ta`lim muassasalarining ayrim talaba-o`quvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning bir yillik o`qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to`lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati joriy yilning 10 apreliga qadar etib belgilandi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar qildi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt asosida o`qishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida o`qishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni o`zlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, to`lovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish bo`yicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abiturientlar;

xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalardan o`qishini ko`chirayotgan, ko`chirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional ta`lim muassasalari (kollej, texnikum)ga  to`lov-kontrakt asosida o`quvchilikka tavsiya etilgan abiturientlar.

Eslatma: amaldagi tartibga ko`ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to`lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar