AsosiyJamiyat

Toshkentda darsga kelmayotgan o`quvchining otasi maktabda janjal ko`tardi

'Toshkentda darsga kelmayotgan o`quvchining otasi maktabda janjal ko`tardi'ning rasmi

Joriy yilning 12 mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktab direktori va inspektor-psixologi tomonidan maktab o`quvchilari tahlil qilinib, surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi bo`lmagan o`quvchilardan birining otasi fuqaro M.E. suhbatga chaqirtirilgan

Suhbat mobaynida maktab direktori va inspektor-psixolog, fuqaro M.E.ga farzandining darsga kelmayotganining sabablarini so`rab, darsda o`zini tutishi ham o`zgarib qolgan haqida ma`lumot berilgan va birgalikda shug`ullanish zarurligi tushuntirilgan. Fuqaro M.E esa o`g`lining xati-harakatlaridan jahli chiqib, maktab ma`muriyati bilan hamkorlikda ishlash o`rniga, aksincha, ularga aybni ag`darib, janjal ko`targan.

Fuqaro tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan MJtKning 47-moddasi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar