Timur Rahmonov O`zbekistonning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Timur Rahmonov 2021-2024 yillarda O`zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.