"Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo`jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni (PF-49-son 13.03.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo`jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o`rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko`rsatkichlari (KRI), ularga erishish bo`yicha “yo`l xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Samaradorlik ko`rsatkichlariga o`z vaqtida va sifatli erishilishini ta`minlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:
- samaradorlik ko`rsatkichlari bajarilishi to`g`risidagi ma`lumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning o`rinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
- har bir samaradorlik ko`rsatkichiga belgilanadigan salmoq o`lchovi yig`indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko`rsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam bo`lganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori bo`lganda “a`lo” deb baholanadi.