Bugun, 14 mart kuni Toshkent shahrida daraxt Gentra avtomashinasining ustiga qulab tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi.
Aniqlanishicha, ushbu holat bugun, 14 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Sodiq Azimov ko`chasida qor yog`ishi natijasida sodir bo`lgan. Daraxt Gentra avtomashinasining ustiga qulab tushishi oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Ushbu hodisa oqibatida Cobalt avtomashinasiga ham zarar etkan.