AsosiyJamiyat

Sayxunobodda istagi bor aholiga intensiv bog` qilib beriladi

'Sayxunobodda istagi bor aholiga intensiv bog` qilib beriladi'ning rasmi

Sayxunobod tumandagi 19 ta mahallaning har birida istagi bor aholiga namunaviy intensiv bog` qilib beriladi. Bu haqida Prezident raisligida Sirdaryoda o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishda ma`lum qilindi.

Shuningdek, xonadonlar kooperasiya asosida eskportchi bilan bog`lab beriladi, 2 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash kompleksi tashkil etiladi.

Tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar bo`sh erlar kooperasiya asosida 500 ta xonadonga terak ekish uchun bo`lib beriladi.

    Boshqa yangiliklar