AsosiyJamiyat

Futbol bo`yicha “Aral” – “Do`stlik” uchrashuvi bosh hakami o`yinlardan chetlatildi

'Futbol bo`yicha “Aral” – “Do`stlik” uchrashuvi bosh hakami o`yinlardan chetlatildi'ning rasmi

O`zbekiston Pro ligasi 1-turidan o`rin olgan “Aral” - “Do`stlik” uchrashuvida yuzaga kelgan 2 ta bahsli vaziyat ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko`rib chiqildi.

O`zbekiston Pro ligasi 1-turidan o`rin olgan “Aral” – “Do`stlik” bahsining 18-daqiqasida mezbonlar yon chiziqdan to`pni jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan, himoyalanayotgan jamoa vakili “Aral”ning 17-raqamli futbolchisini chalib, yiqitgan. Shundan so`ng, “Aral”ning 32-raqamli futbolchisi jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to`pni qo`l bilan to`xtatib, gol urgan. Uchrashuv bosh hakami futbolchi yiqitilgan vaziyatni ham, to`p qo`l bilan o`ynalgan vaziyatni ham e`tibordan chetda qoldirib, golni inobatga olgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qaroriga ko`ra bu vaziyatda 1-holat uchun penalti belgilanishi kerak edi, futbolchi qo`pollik bilan yiqitilgan. Shuningdek, keyingi holatda to`p qo`l bilan o`ynalgan, ya`ni bosh hakam ikkala taraf zarariga xato qilgan. Bu vaziyatda bosh hakam golni bekor qilib, dastlabki holatdagi yiqitilishga asoslangan holda penalti belgilashi kerak edi. Komissiya hakamning qarori noto`g`ri deb topgan. 

Ikkinchi vaziyat uchrashuvning so`nggi daqiqalarida yuz bergan. 

    Boshqa yangiliklar