O`zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Qayd etiligicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17 mart yakshanba kuni ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14 mart kuni kirib kelgan sovuq havo massasi hisobiga O`zbekistonning barcha viloyatlarida havo keskin sovuq bo`ldi, ammo bu sovuq respublika hududidan tez chiqib ketmoqda va havo harorati ko`tarila boshlaydi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida harorat 8-13 daraja iliq atrofida bo`ladi, yakshanba kuni esa havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi.
Shanbadan yakshanba o`tar kechasi respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha ko`tariladi.
Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi.
Bugun va dam olish kunlari tog`larda yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: 15-17 mart kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat: bugun kunduzi 9-11 daraja iliq;
shanba kuni kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 13-15 daraja iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.