AsosiyJamiyat

⚡️O`zbekistonda 1 apreldan AI-80 benzin narxi oshadi

'⚡️O`zbekistonda 1 apreldan AI-80 benzin narxi oshadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 2893-moddasiga muvofiq, 2024 yilning 1 aprelidan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz to`lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari o`zgardi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

 Shu sababli quyidagi o`zgprishlar belgilandi:

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig`i:

- AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so`mdan 340 000 so`mga (37 000 so`mga);

- Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so`mdan 271 000 so`mga (29 000 so`mga);

- Dizel yoqilg`isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so`mdan 326 000 so`mga (35 000 so`mga);

- EKO dizel yoqilg`isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so`mdan 293 000 so`mga (31 000 so`mga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste`molchiga realizasiya qilishda aksiz solig`i:

- AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so`mdan 633 000 so`mga (68 000 so`mga);

- Dizel yoqilg`isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so`mdan 578 000 so`mga (68 000 so`mga);

- Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so`mdan 904 000 so`mga (96 500 so`mga) oshishi belgilangan.

“Shu munosabat bilan “O`zbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlang`ich narxlari 2024 yil 1 apreldan boshlab aksiz solig`i o`zgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlang`ich narxlarda amalga oshiriladi” xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar