AsosiyDunyo
6326

Yaponiyada bugun tunda kuchli zilzila sodir bo`ldi

Bugun tongda Yaponiya Sharqida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo`ldi, er osti silkinishlari Tokioni ham uyg`otib yubordi.

Yaponiya meteomarkazining xabar berishicha, mahalliy ettiballi shkalada zilzila kuchi ayrim tumanlarda besh ballni tashkil qildi, xususan Tinch okeanining soxillari, Fukusima perfekturasida ham, bu erda 2011 yilning mart oyida ham huddi shunday yirik halokat sodir bo`lgandi.

Zilzila epimarkazi Yaponiya sharqida Fukusima soxillarida bo`ldi. O`chog`i o`n kilometr chuqurlikda joylashdi. Yaponiya meteomarkazi zilzila magnitudasi 7,3 tashkil qilgani haqida xabar berdi.

Yaponiya meteorologik boshqarmasining saytida ushbu zilziladan so`ng er ostida 3,2 dan 4,9 magnitudagacha 30 ta qoldiq silkinishlar sodir bo`lganini ma`lum qildi.

Yaponiya hukumati bir hafta ichida kuchli zilzila va sunami qaytarilishi haqida ogohlantirdi. Tabiiy ofatlar prognozi xizmati vakili aholi besh ballgacha bo`lgan zilzila va sunamiga tayyor turishi kerakligi haqida ogohlantirdi.

Boshqa yangiliklar