AsosiyJamiyat

Bugungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Bugungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 17 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja  iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Faqat Qashqadaryo viloyatida kechqurun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlaridahavo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar