1

Antoniu Guterrish: O`zbekiston tashabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati ishonchli qo`llarda bo`lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlasha oldi

Siyosat 17.03.2024, 09:29
Antoniu Guterrish: O`zbekiston tashabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati ishonchli qo`llarda bo`lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlasha oldi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norbaeva Nyu-York shahrida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar qilmoqda.

Parlament yuqori palatasi ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, muloqot davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va davlatlar o`rtasidagi so`nggi yillarda to`plangan ijobiy sheriklik tajribasiga alohida e`tibor qaratildi.

Suhbat davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog`liq, jumladan, gender tengligini ta`minlash masalalari ham muhokama qilindi.

Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi munosabatlarning bugungi ijobiy holatida O`zbekistonning muhim roliga alohida to`xtalib o`tdi.

"Prezident Shavkat Mirziyoevning sa`y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo bugun ahil-inoq yashamoqda, mamlakatlar barcha sohalarda jadal hamkorlik qilmoqda. O`zbekiston tashabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati ishonchli qo`llarda bo`lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlasha oldi", dedi u.

Suhbat chog`ida O`zbekiston tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq takliflarni qo`llab-quvvatlashda BMT bilan konstruktiv hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy va amaliy ruhda kechgan muloqot yakunida O`zbekiston va BMT o`rtasida barcha sohalarda o`zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1