AsosiyJamiyat

Ombudsman vaziyatni o`rgandi

'Ombudsman vaziyatni o`rgandi'ning rasmi

167-sonli maktabning 1-sinfda ta`lim olayotgan F.S qizaloqni sinf rahbari M.O koyigani, jismoniy chora qo`llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etganligini bildirib, o`qituvchiga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`rab buvisi D.X murojaat qiladi. 

Bu haqda bolalar ombudsmani kotibiyati xabar qildi.

Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi o`rganishiga ko`ra, holat o`z tasdig`ini topib, sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo`l qo`ymaslik borasida ogohlantirildi va unga tegishli intizomiy chora qo`llanildi.

Murojaatchi D.X ning iltimosiga ko`ra nabirasi F.S o`qiyotgan 1”A” sinfidan boshqa sinfga o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar