AsosiyDunyo

Armanistonda "Mir" kartalari operasiyalari to`xtatiladi

'Armanistonda "Mir" kartalari operasiyalari to`xtatiladi'ning rasmi

30 martdan boshlab Armanistondagi moliyaviy tashkilotlar Rossiyaning "Mir" bank kartalari bilan operasiyalarni to`xtatadi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Faqat istisno tariqasida "VTB" bankning mamlakatdagi sho``basi "VTB Armaniston" tomonidangina "Mir" bank kartalaridan foydalanish davom ettiriladi.

Cheklovlar joriy yilning fevral oyida AQSh tomonidan Rossiyaning "Milliy to`lov kartalari tizimi" ("Mir") operatoriga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar sababli kiritilmoqda.

Armanistondan tashqari Qozog`iston, Belarus, Venesuela, Vetnam, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham "Mir" kartalaridan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan.

    Boshqa yangiliklar