1

AQSh hududlari biznesining O`zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi

Siyosat 28.03.2024, 08:34
AQSh hududlari biznesining O`zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni AQShning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo`mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegasiyalarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va o`zaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O`tgan yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh etakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti hamda samarali ishbilarmonlik uchrashuvlari muvaffaqiyatli o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan AQSh Kongressida faoliyat yuritayotgan O`zbekiston bilan hamkorlik bo`yicha kokus ishini yuqori baholadi.

O`zaro tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda, 2023 yil yakunida u 30 foizga oshdi. O`zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan AQSh kompaniyalari soni ortmoqda. Misol tariqasida mamlakatimizda qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo`lgan investisiya loyihalarini amalga oshirayotgan “Air Products” kompaniyasining faoliyati qayd etildi.

Amerikalik qonun chiqaruvchilar vakillik qilayotgan Montana, Alabama, Vashington, Kaliforniya va Texas shtatlari bilan faol amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Ta`lim, qishloq xo`jaligi, raqamli texnologiyalar, tog`-kon sanoati, “yashil” energetika, farmasevtika, oziq-ovqat tarmog`i va boshqa sohalar kooperasiya uchun istiqbolli yo`nalishlar sifatida qayd etildi.

AQSh hududlari biznesining O`zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1