1

MIB Farg`onada yana bir oilani yarashtirdi

Jamiyat 28.03.2024, 17:56
MIB Farg`onada yana bir oilani yarashtirdi

Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi, bunday hollarda farzandlar ertamiz kelajagi bo`lgan yoshlar kamoloti ham so`roq ostida qoladi.

Oila yarashuvi sabab farzandlar ota-onasining bag`rida shodon yashash baxtiga muyassar bo`lishadi, bunday xayrli ishlar bolajonlarning quvonchiga sabab bo`ladi.  

Jumladan, fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining  qaroriga asosan qarzdor M.Sh.dan unduruvchi  M.N.foydasiga 1 nafar farzandi uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/4 qism miqdorda aliment undirish xaqidagi ijro hujjati bo`yicha Byuroning Qo`qon shahar bo`limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Byuro tomonidan suhbatlar chog`ida undiruvchi va qarzdor tomonlar o`rtasida ushbu  oiladagi farzandini voyaga etkazish va kelajagi haqida birgalikda qayg`urishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish berilganligi o`z samarasini berdi.

2024  yil 25 mart kuni tomonlar o`zaro kelishgan holda oilani qayta tiklashganligini aytib, ariza bilan murojaat qilishdi va ijro hujjati tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1