AsosiyJamiyat

15 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi choralari koniqarsiz deb baholandi

'15 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi choralari koniqarsiz deb baholandi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat tashkilotlarining korrupsiya bilan kurashish bo`yicha reytingi baholandi. 

Bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda "yaxshi", "qoniqarli" va "qoniqarsiz" toifalarga ajratilgan 2023 yilgi natijalar e`lon qilindi. 

Natijalarga ko`ra 95 ta davlat tashkilotining, jumladan 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o`tkazilgan bo`lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi. 

Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo`nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko`rsatdi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha tegishli ishlar amalga oshirilmaganligi, jumladan faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmaganligi, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar jarayonida manfaatlar to`qnashuvini oldini olish va aniqlash bilan bog`liq choralar amalga oshirilmaganligi, korrupsiya haqida xabar berish bo`yicha aloqa kanallarining yo`lga qo`yilmaganligi, ushbu yo`nalishdagi hujjatlar ijro etilmaganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishga etarlicha e`tibor qaratilmaganligi tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga sabab bo`ldi. 

Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyat hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyat hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi shtat birligi xodim bilan jamlanmagan. 

Baholash natijalariga ko`ra, “qoniqarli”deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo`lsa-da, ayrim masalalarga e`tiborsizlik bilan qaralgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlar to`g`ri baholanmaganligi natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari manzilli ishlab chiqilmagan va ijrosi to`g`ri tashkil etilmagan, xodimlarni korrupsiyaga qarshi o`qitish va ularda murosasiz munosabatni shakllantirishda etarli ishlar amalga oshirilmaganligi, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatildi. 

Baholash natijalariga ko`ra “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to`qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko`rilgan. 

Ta`kidlanishicha, Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi, Respublika Markaziy banki, “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar