AsosiyJamiyat

Maktablarda yakuniy davlat attestasiyasini o`tkazish tartibi tasdiqlandi

'Maktablarda yakuniy davlat attestasiyasini o`tkazish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri buyrug`i bilan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida yakuniy davlat attestasiyasi o`tkaziladigan fanlar ro`yxati va imtihon o`tkazish shakllari, xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro`yxati tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 9-sinf o`quvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;

Davlat tili fani (ta`lim tili o`zbek tili bo`lmagan sinflar uchun)dan — yozma;

Matematika fanidan — yozma;

O`zbekiston tarixi fanidan — yozma/og`zaki;

Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o`tkaziladi.

11-sinf o`quvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);

Matematika fanidan — yozma;

O`zbek tili fanidan (ta`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o`rta ta`lim muassasalari uchun, ta`lim muassasasi tanlovi asosida) — yozma va og`zaki;

Chet tili fanidan — yozma/og`zaki;

O`zbekiston tarixi fanidan — yozma/og`zaki;

(O`quvchining tanlovi bo`yicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda o`tkaziladi.

Bitiruv imtihonlari (jismoniy tarbiya fanidan tashqari) 2024 yil 26 maydan 15 iyunga qadar, xususan:

9-sinflar bitiruvchilari uchun:

Ona tili va adabiyot fanidan — 27 may kuni;

Matematika fanidan — 30 may kuni;

11-sinflar uchun:

Ona tili va adabiyot fanidan — 29 may;

Matematika fanidan — 1 iyun kuni bo`lib o`tadi.

Jismoniy tarbiya fani imtihonlari (9-sinf o`quvchilari uchun) 2024 yil 1-6 may kunlari malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida o`tkaziladi.

Umumta`lim fanini bilish darajasi to`g`risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo`yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo`lgan o`quvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.

Ma`lumot uchun: 11-sinfda har bir o`quvchining ixtiyoriy tanloviga ko`ra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestasiyasi o`tkazilishidan bir oy oldin o`quvchining arizasiga ko`ra tanlanadi.

11-sinfda har bir o`quvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestasiyasi o`tkazilishidan bir oy oldin ta`lim muassasasi tomonidan tanlanadi;

Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.

    Boshqa yangiliklar