O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipov va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg`ur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz O`zbekiston fuqarolariga Xitoy oliy ta`lim muassasalarida o`qish uchun stipendiyalar taqdim etish to`g`risida kelishuvni imzoladi. Bu haqda UzA matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar oliy ta`lim muassasalari va ilmiy muassasalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik aloqalarini o`rnatish, ta`lim, ilmiy tadqiqotlar, texnologiya va menejment sohasida tajriba almashishni qo`llab-quvvatlash, o`zaro tashriflar hamda o`qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvini amalga oshirishga kelishdi.

Shuningdek, qo`shma tadqiqot guruhlarini yaratish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish ham kelishuvning uzviy qismi bo`ldi.
Shartnomaga ko`ra, Xitoy tomoni har yili noyabr oyining oxirigacha O`zbekiston Respublikasi fuqarolari Xitoyda tahsil olishi mumkin bo`lgan oliy o`quv yurtlari ro`yxatini, shuningdek, stipendiya dasturlari shartlari va talablari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi esa Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg`ur avtonom tumanidagi universitetlarda o`qish uchun tavsiya etilgan talabalar ro`yxatini taqdim etadi.

Chet el fuqarolari orasidan stipendiya egalari uchun o`qish muddati milliy ta`lim tizimi talablariga muvofiq qabul qiluvchi tomonidan belgilanadi.
Xitoyda o`qish uchun nomzodlar ma`lum darajadagi xitoy tilini bilishi talab etiladi.
Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uchun til kurslari tashkil qilinishi mumkinligi ham inobatga olingan.
Birlamchi kelishuvga ko`ra, stipendiyalar o`qish, to`lovlar va turar joy, sug`urta mukofotlari (shu jumladan, tibbiy sug`urta) va yashash xarajatlarining bir qismini qoplashi nazarda tutilmoqda.