AsosiyJamiyat

“Sog`lom muhit hadya et” Eko-chellendji o`tkazildi

Bugun ekologiyaga davlat idoralari bilan bir qatorda boshqalar ham e`tibor qaratmoqda. Shu...

'“Sog`lom muhit hadya et” Eko-chellendji o`tkazildi'ning rasmi

Bugun ekologiyaga davlat idoralari bilan bir qatorda boshqalar ham e`tibor qaratmoqda. Shu jumladan tadbirkorlar ham.  

Joriy yilning 26 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tashabbusi bilan manzarali gul va ko`chat etishtirib berayotgan korxorna hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoevning 30.12.2021 yildagi “Respublikada ko`kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi" doirasida #soglommuhithadyaet eko-chellenjiga bag`ishlangan  press-tur bo`lib o`tdi. 

 Ushbu press-turda jurnalistlar odatdagidek tadbir tafsilotlarini yoritish bilan kifoyalanmay, ko`chat ekishning ahamiyati, to`g`ri etishtirish texnikasi va daraxtlarning O`zbekiston iqlimiga ijobiy ta`siri borasidagi bilimlarini ham anchayin oshirib oldi.  

Shuningdek, daraxtlar nafaqat zararli issiqxona gazlarini o`zlashtiradigan uglerod cho`kmasi bo`lib xizmat qiladi, balki ular biologik xilma-xillik, havoni tozalash va ekotizimning umumiy chidamliligiga ham hissa qo`shishi ta`kidlandi.

Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha mutaxassislar, OAVlari va blogerlar ishtirok etib, o`simliklarni ekish bo`yicha amaliy mashg`ulotlar bilan shug`ullanish va ko`kalamzorlashtirishning o`zgaruvchan kuchiga bevosita guvoh bo`lish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar