AsosiyJamiyat

"Hujjat berar ekan" deb bo`sh erga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda

'"Hujjat berar ekan" deb bo`sh erga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda'ning rasmi

“O`zboshimchalik bilan egallangan er uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda, deya xabar bermoqda Kadastr agentligi. 

Qayd etilishicha, Qonun loyihasida 8 ta yo`nalishdagi holatlar ko`rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq e`tirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo`lmaganligi uchun er va binolariga huquqni e`tirof etish masalasi ko`zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subektlari tomonidan o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subektlariga tuman hokimliklari tomonidan er ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, erni o`zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu erga huquqlar e`tirof etilgan taqdirdagi ma`muriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo`lsa e`tirof etilar ekan” deb bo`sh erga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

"Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018 yil 1 mayga qadar qurilgan obektlar ko`rib chiqiladi deb ko`rsatilgan. 

Agarda qurilma o`zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo`lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda ma`muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi. 

Shu sababli, fuqarolarimizdan o`zboshimchalik bilan erlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so`rab qolamiz.

Yana shuni ham e`tiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o`zgarishlar kiritilishi mumkin", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar