AsosiyJamiyat

Farg`onada YPX xodimi haydovchini nega majburan olib ketdi?

'Farg`onada YPX xodimi haydovchini nega majburan olib ketdi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatida YPX xodimi haydovchini majburan olib ketayotgan videosi tarqaldi.

Holat yuzasidan bayonot bergan viloyat IIB qo`ra, voqea 30 mart kuni Farg`ona shahar “Al-Farg`oniy” ko`chasida sodir bo`lgan. 

“Nexia 3” haydovchisi avtobus bekatida to`xtab, yo`l harakati qoidalarini buzganligi sabab YPX inspektori tomonidan qoidabuzarlik yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida haydovchi uning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilmagan va transport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik qilgan.

Shundan so`ng haydovchi YPX inspektorlari tomonidan Farg`ona shahar IIBga olib borilgan va qoidabuzarligi yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo`shimcha o`rganish ishlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar