Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat ko`rsatadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o`tkazishga bag`ishlagan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilingan.
Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 04:00 dan 13:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko`rsatadi.
Eslatib o`tamiz, bu yilgi Ramazon hayiti 10 aprel kuniga to`g`ri kelishi kutilmoqda.






