Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san`atkorlardan iborat ziyolilarni tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida "Ma`rifat bog`i"ni tashkil etish oldidan ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so`zga chiqib, xalqni maqom eshtishga undadi.
"Insonni moddiy qashshoqlikdan olib chiqish yo`llari ko`p. Ammo ma`naviy qashshoqlikdan olib chiqish qiyinroq.
Sayxunobodda iqtisodiy uyg`onish boshlangan edi. Endi esa biz ma`naviy uyg`otamiz. Millatni uyg`otish uchun bizga ziyollar ko`mak beradi. Zero, ziyoli uyg`onsa millat uyg`onadi.
Biz" Ma`rifat bog`i"ga radiouzellar o`rnatdik. Shuningdek bu kabi radiouzellarni tumanning barcha mahallalarida o`rnatmoqchimiz. Ushbu yo`nalishda ham Sirdaryo tajribasini yo`lga qo`yamiz. Shundan so`ng ushbu tajribani boshqa hududlarga ham joriy etish rejalashtirilyapti. Ya`ni mahallada maqom yangrab turadi. Mahalla maqomdan boshlanadi. Quloqlarni maqomga o`rgataylik, keyin xirgoyi qilib yurishadi", - dedi Otabek Hasanov.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham shunday tashabbus bilan chiqqan va uning fikri ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi.






