1

O`zbekiston-Turkmaniston o`rtasidagi chegarani aniqlashtirish ishlar davom ettirilmoqda

Jamiyat 09.04.2024, 22:24
O`zbekiston-Turkmaniston o`rtasidagi chegarani aniqlashtirish ishlar davom ettirilmoqda

Nukus shahrida O`zbekiston-Turkmaniston qo`shma demarkasiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

TIV ma`lumotiga ko`ra, uchrashuvda O`zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha ishlar davom ettirildi. Jumladan, O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha hukumatlararo komissiyaning qo`shma majlisiga tayyorgarlik ko`rish masalasi ko`rib chiqildi.

Uchrashuv an`anaviy do`stlik va o`zaro hamjihatlik muhitida o`tgan.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1