1

O`zbekistonda ilk bor davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug`ati nashr qilindi

Jamiyat 10.04.2024, 12:28
O`zbekistonda ilk bor davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug`ati nashr qilindi

Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti o`qituvchisi Nurillo Tuxtasinovning «Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug`ati» nashrdan chiqdi.

Qayd etilishicha, izohli lug`at kitobxonlar ommasi, davlat xizmatchilari, xususan yoshlarning davlat boshqaruviga doir bilimlarini oshirishni nazarda tutadi. Unda 600 dan ortiq termin, so`z va so`z birikmalari o`rin olgan.

Nashrni amalga oshirishdan ko`zlangan yana bir maqsad – davlat boshqaruvi sohasiga qiziquvchilaruchun shu sohadagi terminlar, birikma va nomlarni o`rganish va o`z faoliyatlarida qo`llash imkoniyatini taqdim etishdir.

Muallifga ko`ra, ayni kunlarda kitob asosida “UzPA” nomli mobil ilova yaratish ishlari ham olib borilmoqda. Ilovaga davlat boshqaruviga oid 600 dan ortiq terminlarning o`zbek, ingliz, rus va koreys tillaridagi versiyalari ham matn, ham audio shaklda joylanadi. Bu foydalanuvchida nafaqat so`zlarning ma`nosini bilish, balki ularni o`zbek va xorijiy tillardato`g`ri talaffuz qilish ko`nikmasini o`rganishiga yordam beradi.

Shuningdek, ilovada qo`shimcha ravishda savodxonlik testi, “Temur tuzuklari” asosida o`ziga xos pazlli o`yin joy oladi. Bu foydalanuvchi uchun ilovaning qiziqarliligini oshiradi.

Ta`kidlanishicha, ilova tez kunda «Play Market» va «App Store» platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olishimkoniyati yaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1