1

O`zbekistonning yangi elchisi Ispaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat 10.04.2024, 14:29
O`zbekistonning yangi elchisi Ispaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Farrux Tursunov Madrid shahrida Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Rasmiy marosimdan so`ng bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston va Ispaniya o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Qirol Filipp VI O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni yuksak baholab, Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, ochiq tashqi siyosatni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini ta`kidladi.

O`zbekiston Prezidentining siyosiy tashabbuslari, o`z mamlakati farovonligi, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi jarayonlar, ayniqsa, qo`shni Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qo`shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Ispaniya Qiroli, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlarga hissa qo`shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Qirol Filipp VI O`zbekiston elchisiga ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi mas`uliyatli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1