AsosiyJamiyat
1671

Andijon shahar elektr ta`minoti korxonasi yuriskonsulti pora bilan qo`lga tushdi

'Andijon shahar elektr ta`minoti korxonasi yuriskonsulti pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahar elektr ta`minoti korxonasi yuriskonsulti G.E. “E.H.” MChJning 57 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo`yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va to`plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlarga yubormasdan, etkazilgan zararni yo`q qilib berishi evaziga 1 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 400 AQSh dollari va 5 mln so`mni tanishi F.B. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar