AsosiyJamiyat
2123

"Activist" loyihasi muallifi avariyaga uchradi (video)

'"Activist" loyihasi muallifi avariyaga uchradi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Activist" nomi ostida ijod qiluvchi Hojiakbar Nosirov YTH ga uchragani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, halokat 12 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida sodir bo`lgan. 

Yangi O`zbekiston ko`chasida 2005 yilda tug`ilgan I.Q. boshqaruvidagi Monza, 1997 yilda tug`ilgan Xojiakbar Nosirov (“Activist” loyihasi muallifi) boshqaruvidagi BYD va 1993 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvida bo`lgan Cobalt o`zaro to`qnashgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar