1

Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatilmoqda

Jamiyat 13.04.2024, 11:03
Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatilmoqda

Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova rahbarligidagi delegasiya a`zolari Germaniyada bo`lib turibdi.

Bunda dastlab Myunxen texnika universitetida o`tkazilgan “Chegaralarsiz: Germaniya va O`zbekiston o`rtasida ta`lim, fan va sanoat bo`yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpoziumida ishtirok etdi.

Simpoziumda vazir Hilola Umarova ikki davlat hamkorligida amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritdi. Xususan, vazirlik huzuridagi "Yangi O`zbekiston" universiteti hamda Myunxen texnika universiteti hamkorligining 3 yillik faoliyati yuzasidan takdimot ham tashkil etildi. 

Tadbir doirasida Germaniyaning Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kompaniyalari rahbarlari "Yangi O`zbekiston" universitetida tashkil etiladigan Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashida ishtirok etish uchun taklif etildi.  

Aytish lozimki, mazkur Kengash talabalarning amaliyot jarayonlarini muntazam amalga oshirish, sanoatdagi masalalarni ilm-fan, tadqiqot orqali hal etish ishlarini tashkil qiladi. Unga nemis ilg`or sanoat korxonalari bilan bir qatorda mahalliy korxonalar rahbarlari ham jalb qilinadi. 

Simpozium doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida "Yangi O`zbekiston" universiteti talabalarining sanoatga tayyor kadr bo`lib borishi uchun turli laboratoriyalar ochish, Siemens kompaniyasi tomonidan universitetning yangi kompusida laboratoriya o`quv mashg`ulotlarini o`tkazadigan alohida trenajyor markazlari ochish uchun dastlabgi kelishuvlarga erishildi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mas`ullari Myunxen texnik universiteti professorlari bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o`qituvchilar almashinuvi dasturini kengaytirish bo`yicha ham muhokamalar olib bordi. Xususan, “Yangi O`zbekiston” universiteti delegasiyasi hamda Mitvayda amaliy fanlar universiteti rahbariyati o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvda ikki diplomli magistratura dasturini tashkil etish bo`yicha anglashinuv memorandumi imzolandi. Unga ko`ra Sanoat boshqaruvi - innovasiya va biznesni rivojlantirish dasturida talabalar ikkinchi semestrni Germaniyada davom ettiradi. 

Uchrashuvlar doirasida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan ham anglashinuv memorandumi imzolandi.

Unga ko`ra, "Yangi O`zbekiston" universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot o`tashlari mumkin. 

Vazir Hilola Umarova tashrif davomida Bavariya Parlamentining Ilm-fan va Madaniyat ishlari bo`yicha qo`mitasi boshlig`i Robert Brannekemper bilan uchrashdi. Qizg`in ruhda o`tkazilgan muzokaralarda hozirgi kunda Bavariya va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalar, ta`lim va madaniyat sohalarida qo`shma loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari ko`rib chiqildi.

Germaniyaning Drezden texnika universiteti, Drezden amaliy fanlar universiteti, Frayberg texnika universiteti, Nyurenberg universiteti bilan ham keng ko`lamli hamkorlik masalalari muhokama etildi. Jumladan, "Yangi O`zbekiston" universiteti hamda mazkur oliygohlarning kelgusidagi ta`limga doir hamkorlik rejalari ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1