1

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Jamiyat 14.04.2024, 20:04
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko`maklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so`m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.

 Fuqarolar yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan o`zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs haqida yoki o`zlariga ma`lum bo`lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilishi;

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organining xizmatchisi o`ziga nisbatan pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqida yoxud o`ziga ma`lum bo`lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga (korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning xodimlari esa bevosita o`z rahbariga) bergan xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilishi;

Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo`lgan shaxs to`g`risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1