1

O`zgidromet kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi

Jamiyat 14.04.2024, 23:05
O`zgidromet kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. O`zgidromet kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi.

Shamol g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1