1

Bugun Toshkentdan Tel-Avivga uchadigan reys bekor qilindi

Dunyo 15.04.2024, 07:39
Bugun Toshkentdan Tel-Avivga uchadigan reys bekor qilindi

2024 yil 15 aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo`nalishidagi aviaqatnovlar bekor qilindi. Bu haqida Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi.

Ma`lumotga ko`ra, ushbu mamlakatga reysning qoldirilishi Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududi yopilishi, shuningdek, O`zbekiston aviasiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta`minlash zarurati bilan bog`liq qarori bilan bog`liq.

Faqat 2024 yil 15 aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag`larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo`lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilish so`ralgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1