AsosiySiyosat
4344

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasida viza bo`yicha bitim imzolandi

'O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasida viza bo`yicha bitim imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni maxsus pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to`g`risidagi bitim imzoladi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri xabar qildi.

“Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan ko`rishganimizdan mamnunmiz. O`zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida ko`p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e`tibor qaratdik. Muloqotimizdan mintaqaviy kun tartibi va ko`p tomonlama platformalar doirasidagi o`zaro hamkorlik masalalari ham o`rin oldi. Diplomatik va maxsus pasport egalarini o`zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to`g`risidagi hukumatlararo bitimni imzoladik”, - deya yozib qoldirdi Baxtiyor Saidov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar