1

Gaz va “svet” narxi o`zgarishi munosabati bilan ayrim oilalarga ijtimoiy yordam ko`rsatiladi

Jamiyat 16.04.2024, 20:24
Gaz va “svet” narxi o`zgarishi munosabati bilan ayrim oilalarga ijtimoiy yordam ko`rsatiladi

2024 yilning may oyidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar o`zgarishi munosabati bilan kam ta`minlangan oilalarga va ayrim toifadagi iste`molchilarga ijtimoiy yordamlar ko`rsatiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 1 maygacha bo`lgan muddatda yoqilg`i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olib, minimal iste`mol xarajatlari qiymatini qayta ko`rib chiqiladi.

Bunda, 1 mlnga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste`mol xarajatlari qiymatidan kam bo`lmagan miqdorda qayta hisoblanadi.

Aholining muhtoj qatlamlarini isitish mavsumida qo`shimcha ijtimoiy himoyasini ta`minlash uchun 2024 yil noyabrda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming miqdorda bir martalik kompensasiya ajratiladi.

Ushbu kompensasiya orqali, qariyb 1,5 mln. kam ta`minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi ta`minlanadi.

Mazkur kompensasiya “mahalla ettiligi” xulosalari asosida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirmagan qo`shimcha 200 mingdan ortiq muhtoj oilalarga ham to`lab beriladi.

Bunda, “mahalla ettiligi” tomonidan muhtoj oilalar ro`yxatlari uyma-uy yurgan holda shakllantiriladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha quyidagi miqdorlardagi iste`mol uchun bazaviy me`yor doirasidagi hamda bazaviy me`yordan oshgan narxlar o`rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me`yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me`yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Ijtimoiy me`yordan ortgan iste`mol uchun kompensasiya olish uchun ehtiyojmand oila “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza beradi va kompensasiya keyingi oyda haqiqiy iste`molidan kelib chiqib to`lab beriladi.

Mazkur kompensasiya to`lovlari O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to`lab beriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1