1

O`zbekistonda yana bir bolalar siropi dorixonalardan qaytarib olinmoqda

Jamiyat 17.04.2024, 18:55
O`zbekistonda yana bir bolalar siropi dorixonalardan qaytarib olinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Rinotin kids" mahsuloti to`g`risidagi xabarlar tarqalmoqda.

Sanepidqo`mita Axborot xizmati xabariga ko`ra, mahsulotning ruxsatnomasi bekor qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Sanepidqo`mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o`rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan  “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig`i berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi. Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar biologik qo`shimchalarni xarid qilishdan avval ularning xavfsizligi tekshirilganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni  Sanepidqo`mitaning sanepid.uz saytiga joylashtirilgan elektron katalog orqali tekshirib olishingizni tavsiya qilamiz.

Eslatib o`tamiz, agar siz kundalik turmushda belgilangan sanitariya-qoida va me`yorlari buzilish holatlariga duch kelsangiz @Sanepidmurojaatbot ga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.


 

 


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1