AsosiyJamiyat
707

O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi

'O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olishga bag`ishlangan tantanali marosim bo`ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni paytda davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o`tkazmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar