AsosiyJamiyat
1258

Samarqandda 24 yoshli ayol 2 farzandi bilan o`zini suvga tashladi

'Samarqandda 24 yoshli ayol 2 farzandi bilan o`zini suvga tashladi'ning rasmi

Joriy yilning 15 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro N.M. Samarqand viloyati IIB navbatchilik qismining 102 raqamiga murojaat qilib, unda Samarqand shahri, "Vatanparvar" mahallasi, "Spirina" ko`chasida yashovchi kelini I.Ya. ikki nafar farzandi bilan shu yilning 15 aprel kuni soat 15:00 atrofida uyidan noma`lum tomonga chiqib ketganligini ma`lum qilgan. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

2024 yil 16 aprel kuni soat 08:00 atrofida "Darg`om" kanalining Toyloq tumani, "G`o`lba" MFY xududidan oqib o`tuvchi qismidan voyaga etmagan A.N. (qiz bola) va M.N.ning (o`g`il bola) murdasi topilgan. 

Aniqlanishicha, 24 yoshliayol 2 nafar farzandi bilan o`zini "Darg`om" kanaliga tashlab joniga qasd qilgan. Ayol nima sababdan joniga qasd qilgani hozircha ma`lum emas.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar