AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 3 mln rublni sharbat qutisiga yashirib olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati "Farxod" chegara bojxona postida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimla...

Toshkent viloyati "Farxod" chegara bojxona postida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda naqd xorijiy valyutani yashirincha olib chiqilishi to`xtatib qolingan. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, qo`shni davlatga o`tish uchun "Farxod" chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaroning sumkasi tekshirilganida, sharbat qutisiga yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 3 mln Rossiya rubli borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar