AsosiyJamiyat
2040

Mijozga qo`pol munosabat qilgan sartarosh qamaldi

'Mijozga qo`pol munosabat qilgan sartarosh qamaldi'ning rasmi

Toshkent viloyatida mijoz bilan tortishib qolib, uning sochini kalga olib tashlagan sartaroshga tegishli qonuniy jazo tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi. 

Aniqlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo`lib, bugunga kunga qadar IIOga murojaat kelib tushmagan. Hozirda sartaroshlik bilan shug`ullanuvchi 34 yoshli shaxs va holatni videoga olgan uning tengdoshi tuman ichki ishlar boshqarmasiga olib kelinib, xodimlar tomonidan profilaktik suhbat o`tkazilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bugun JIB Toshkent tumanida o`tkazilgan sud majlisida sartaroshga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi, holatni videoga olgan shaxsga nisbatan esa MJtKning 46-2-moddasiga asosan ma`muriy jarima jazosi qo`llanildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar