1

Qashqadaryoda Damas “peshexoddan” o`tayotgan 1-sinf bolani urib yubordi

Jamiyat 21.04.2024, 20:55
Qashqadaryoda Damas “peshexoddan” o`tayotgan 1-sinf bolani urib yubordi

Joriy yilning 19 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida maktab o`quvchisining o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shahardagi 11-maktabning 1-“B” sinf o`quvchisi O.I. joriy yil 19 aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to`liq qatnashgan.

Soat 12:35 atrofida o`quvchi uyi yonidagi piyodalar o`tish yo`lagidan o`tayotganda, yuqori tezlikda kelayotgan Damas avtomashinasi haydovchisi o`quvchini urib yuborgan.

O`quvchi zudlik bilan Shahrisabz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga olib borilgan. Biroq ko`rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan o`quvchi vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Haydovchi qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1