1

Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi bo`lib o`tadi

Jamiyat 23.04.2024, 09:43
Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi bo`lib o`tadi

Qirg`izistonning "Alliance-press.kg" axborot-tahlil agentligi portalida 13-14 may kunlari Samarqandda bo`lib o`tadigan Osiyo xotin-qizlari forumi bo`lib o`tadi. Bu haqidagi maqola Qirg`izistonning "Alliance-press.kg" axborot-tahlil agentligi portalida e`lon qilindi. 

Maqolada ta`kidlanishicha, mazkur forumni o`tkazish tashabbusi O`zbekiston Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida mintaqa mamlakatlari etakchi ayollarining bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida tajriba almashish maqsadida ilgari surilgan.

Portal ma`lumotiga ko`ra, forumda Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol a`zolari, hukumat rahbarlari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ishbilarmon xotin-qizlar, siyosatshunoslar, ijtimoiy soha faollari, olimlar va iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari ishtirok etadi.

"Forum 10 ta parallel sessiya doirasida o`tkaziladi. Ishtirokchilar xotin-qizlarning fan, ta`lim va innovasion faoliyatdagi ishtiroki hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishi, hozirgi global iqtisodiyotda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali kambag`allikni kamaytirish, tadbirkorlik, etakchilik va innovasiyalarga jalb etish masalalarini muhokama qiladi", – deb xabar beradi "Alliance-press.kg".

Agentlik ma`lumotiga ko`ra, anjumanda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning ishtiroki masalasi ko`rib chiqilishi ham kutilmoqda. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, biznes va jamiyatda ularning ishtirokini rag`batlantirishda parlamentlarning o`rni, genderga yo`naltirilgan byudjetlashtirish, moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishda gender tafovutni bartaraf etish, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo`ravonlikning barcha shakllariga barham berish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi.

"Shuningdek, "yashil" iqtisodiyotni targ`ib qilish, iqlim o`zgarishining mintaqadagi gender muammolarga ta`siri masalasida hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ilg`or tajribasi va innovasion yondashuvlari ham ko`rib chiqiladi", – deya qayd etilgan maqolada.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1