1

Boysundagi avtohalokatda 6 kishi vafot etdi

Jamiyat 23.04.2024, 19:21
Boysundagi avtohalokatda 6 kishi vafot etdi

Boysunda Yo`l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar voyaga etmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

2024 yilning 21 aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan o`tuvchi mahalliy ahamiyatga ega “ Boysun – Duoba” 4N-1613 avtomobil yo`lnining 7 km da 1974 yilda tug`ilgan haydovchi, boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasida odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yo`lovchi bilan tuman markazi tomon bir necha km tik nishablikda harakatlanashi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga keladi.

Oqibatda yo`lning xavfli burulish qismiga etib kelgach boshqaruvni yo`qotib yo`ldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. 

Avtomashina salonida bo`lgan uch nafar voyaga etmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etgan. Haydochi og`ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1