AsosiyDunyo

AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda

'AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda'ning rasmi

AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli tashlab ketilgan kiyim-kechak va qalbaki davlat raqami topilgan.

Maers o`qotar qurol bilan talon-taroj qilish va dalillarni buzishda ayblangan. 

Ma`lum qilinishicha, u atigi 500 dollarni o`g`irlashga muvaffaq bo`lgan.

Keyinchalik nafaqaxo`rning o`zi Internetda firibgarlik qurboniga aylangan. U noma`lum shaxsga qarindoshlaridan qarzga olingan katta miqdordagi pullarni – opasidan 5 ming dollar va dugonasidan 65 ming dollar o`tkazib bergan.

O`g`irlik sodir etish arafasida Maers qarindoshlari bilan buni muhokama qilgan, biroq ular bu so`zlarni jiddiy qabul qilishmagan. Birinchi sud majlisigacha ayblanuvchi 100 ming dollar garov evaziga ozod etilishi mumkin bo`lgan hibsda bo`ladi. Agar aybdor deb topilsa, ayol 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Boshqa yangiliklar