1

Toshkent xalqaro investisiya forumi boshlandi. Unda O`zbekiston Prezidenti nutq so`zlamoqda

Siyosat 02.05.2024, 11:20
Toshkent xalqaro investisiya forumi boshlandi. Unda O`zbekiston Prezidenti nutq so`zlamoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o`rinbosari Tatyana Molchan,  Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vise-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumining yalpi majlisida nutq so`zlamoqda. Prezident bugungi anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yo`lida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga to`g`ri kelayotganini qayd etdi.

Dunyo tartibotida chuqur transformasiya jarayonlari kechmoqda. Tovar va xizmatlarni etkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, investisiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi – vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko`rsatmoqda.

Jahon iqtisodiyotining o`sish sur`atlari so`nggi uch yil davomida pasaymoqda. To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar bilan bog`liq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti.

Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir o`zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o`tkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. O`zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo`llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo`lib qolaveradi”, - dedi Prezident.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1