AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi.
Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan foydalanish bo`yicha xalqaro taqiqni buzgan. Shu sababli, AQShning yangi sanksiyalar ro`yxatiga kimyoviy va biologik qurol dasturlari bilan bog`liq Rossiya Mudofaa vazirligining radiasiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo`shinlari, Rossiya amaliy akustika ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Mudofaa vazirligining 48-Markaziy tadqiqot instituti, shuningdek, to`rtta kompaniya kiritilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari ma`lumotlariga ko`ra, kamida 500 nafar ukrainalik askar organizmiga zaharli moddalar ta`siridan davolangan, bir askar ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan bo`g`ilib halok bo`lgan.