AsosiyJinoyat

Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

'Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz Oliy suddagi ma`lumotlarga tayanib xabar qildi.

Sud hujjatlariga ko`ra, 11 may kuni soat 13:00 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani 16-mavze 16 uy oldida 25 yoshli sudlanuvchi o`ziga notanish bo`lgan ayol G.I.ning turli joylaridan qo`li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.

Shundan so`ng, voqea joyiga etib kelgan IIO xodimlari fuqaroni IIBga borishini so`raganda, u ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi aniqlangan.

Sud qarori bilan yigitga nisbatan MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar